David Silva "Manchester Siti"dan ketishini e’lon qildi

  • 26 iyun, 2019, 14:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva kelasi mavsum yakunlangach jamoadan ketishini ma’lum qildi.

Tecno

“Bu men uchun klubdagi so‘nggi mavsum bo‘ladi. Menimcha 10 etarli. Dastlab “Manchester Siti” rahbariyati menga 2 yillik shartnoma taklif qilishgan edi, biroq men yana bir yil qolishni xohladim. Bu yakunlovchi davr bo‘ladi. Mening ham oilam bor va men ularga ko‘proq vaqt ajratishni xohlayman”, - deydi 33 yoshli ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Silvani 2010 yil “Valensiya”dan 28, 75 mln evro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida u jami 396ta o‘yinda maydonga tushdi va 71ta gol hamda 129ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!