
Dastin Pore engilmas jangchi bilan kurashmoqchi !
Engil vazn(70 kg)da sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore navbatdagi jangida kim bilan kurashmoqchiligini aytdi.
"Iliya Topuriya "stoyka" da ancha kuchli. Shuningdek, Maks Xollouey ham yomon jagnchi emas. Keyingi jangimni ulardan biriga qarshi o‘tkazishni xohlardim", - deb yozgan Pore ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan "UFC 308" turnirida Iliya Topuriya 3-raundda Maks Xolloueyni nokautga uchratdi va o‘zining ketma-ket 16 g‘alabadan iborat seriyasini davom ettirdi.
Fikrlar