
Darya Kasatkina: Barchasini o‘zim hal qilaman
Rossiyalik tennischi Darya Kasatkina Mayamida o‘tayotgan xalqaro turnirda omadsizlikka uchragani va jismoniy xolati haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Bir so‘z bilan aytganda, mazkur mavsum uchun hech qanday maqsadim qolmadi. Deyarli barcha imkoniyatlarni yo‘qqa chiqardim. Yil boshida biroz balandlikka ko‘tarilishni istagan edim afsuski, o‘xshamadi.
Umid qilamanki qolgan davr oralig‘ida o‘z o‘yinimni tiklab olaman. Hozir o‘zim shug‘ullanmoqdaman. O‘ylaymanki, bu menga foyda keltiradi. O‘smirlik davrimda yolg‘iz bo‘lmas edim. Bugun esa barchasini o‘zim hal qilaman. Tez orada murabbiy topishga xarakat qilaman.", – deydi Darya
Fikrlar