
Dani Alves ayolga jinsiy tajovuz qilgani rostmi? Futbolchining sobiq xotini bu savolga javob berdi
Braziliyalik futbol yulduzi Dani Alvesning sobiq rafiqasi uni qaysidir ayolni zo‘rlashga qodir emas deb biladi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ning sobiq himoyachisi tungi klubda ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, hibsga olingan. Unga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
“Dani bunday narsaga qodir emas. U hech qachon ayolni sharmanda qilmasdi. Men uni 22 yildan beri bilaman va u bilan turmush qurganimga 10 yil bo‘ldi.
Danining atrofidagi hamma uning kimligini va bunday ishlarga qodir emasligini juda yaxshi biladi. Bu holat og‘riqli”, - dedi Dinora Santana Diario Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar