Dana Uayt: "Maks Xollouey bilan jang Dastin Pore uchun alohida ahamiyatga ega"

  • 14 iyul, 19:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt 36 yoshli taniqli jangchi Dastin Pore haqida iliq gaplar aytdi.

Tecno

"Dastin Pore - haqiqiy yulduz. U sportda aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi.  Maks Xollouey bilan jang uning uchun alohida ahamiyatga ega. Dastin o‘z faoliyatini Nyu-Orleanda tugatishni orzu qilgandi. Biz esa buni amalga oshiryapmiz. Chunki u juda katta hurmatga loyiq!" - deya Uaytning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting". 

Eslatib o‘tamiz, Pore (30-9-1 N/C) va Xollouey (26-8) to‘qnashuvi 19 iyul kuni "UFC 318" turnirida o‘tkaziladi. Mazkur bahs Dastin uchun faoliyatidagi eng so‘nggi jang bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!