Dalakyan: "Men hech qachon kamarlarni birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmadim, lekin..."

  • 24 yanvar, 2024, 11:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Artem Dalakyan (22-1, 15 KO) Seigo Akuiga (19-2-1, 11 KO) mag‘lub bo‘lganidan keyin bayonot berdi.

Tecno

Avvalo, UNION BOXING PROMOTION jamoasiga va faoliyatim davomida menga ishongan, meni qo‘llab-quvvatlagan va janglarimni tomosha qilgan barcha insonlarga rahmat aytmoqchiman. Hozir sevimli xotinim, qizlarimiz va o‘g‘limni imkon qadar tezroq ko‘rishni istayman. So‘nggi yillarda men oilamni juda kam ko‘rdim. Endi men faqat oilam bilan uchrashish va imkon qadar tezroq Ukrainaga tinchlik kelishi xamda bu dahshatlarni tezroq tugashi haqida o‘ylayapman. Men raqibimga hurmat ko‘rsatmoqchiman. U ringda yaxshi harakat qildi, lekin menga kelsak, ancha "keksalik" ni, yillar davomida ma’naviy, jismoniy charchoqlar yig‘ilib qolganini his qilyapman. Mag‘lubiyat ertami kech bo‘lishi kerak edi, lekin bu jangda emas...Men hech qachon kamarlarni birlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmadim, lekin jahon chempionligini 5 yil davomida qo‘limda ushlab turdim va bu menga esda qolarli xotira bo‘ldi. Keyinchalik nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Har qanday holatda ham biz ishonchni yo‘qotmaymiz. Hozir eng muhimi - Ukrainadagi tinchlik. Ukraina Qurolli Kuchlari Qahramonlariga shon-sharaflar bo‘lsin”, — deb yozdi Dalakyan Facebook da.

Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Osakada Dalakyan hakamlarning yakdil qarori bilan Akuiga yutqazib qo‘ydi va 2018 yildan beri egallab turgan kamaridan mahrum bo‘ldi.36 yoshli ukrainalik uchun bu mag‘lubiyat faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!