
Daxshat! Usmon Toshevning "Buxoro" klubidagi oylik maoshi 85 million so‘m bo‘lgan - Aniq manba
"Buxoro" klubi matbuot xizmati futbolimizda kamdan-kam uchraydigan ma’lumotni ommaga e’lon qildi. Unga ko‘ra klubning sobiq bosh murabbiyi Usmon Toshevning maoshi ochiqlandi.
Klub xabarida shunday yozilgan: "Xabaringiz bor, o‘tgan yilning may oyida Usmon Toshev "Buxoro" klubi bosh direktorligida ish boshlagan edi, so‘ngra jamoa bosh murabbiyligini qabul qildi. Klub bosh murabbiyiga oylik maosh 85 000 000 so‘m qilib belgilanadi. Ha, siz to‘g‘ri o‘qidingiz sakson besh million so‘m! Adashmasak Superligadagi ba’zi top klublar bosh murabbiylariga ham, buncha katta oylik maosh berilmasa kerak. Holbuki, janob Toshevning "Buxoro" futbol klubining katta qarzdorligidan xabari bor edi. Murabbiyning SPORTS.uz nashriga bergan intervyusida aytgan gapini eslatishni joiz topdik: "Men pulga e’tibor qilmayman" (Intervyuning 28:55 daqiqasi)". Izohga hojat yo‘q, bizningcha".
Ushbu ma’luotning davomi bilan tez orada tanishasiz. SPORTS.uz saytidan uzoqlashmang!
Ha, aytgancha Usmon Toshev bilan tashkil etilgan intervyuni quyida tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar