
Culsher “Real” futbolchisi o‘rniga boshqasini oladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Real” himoyachisi Rafael Varan transferidan voz kechishi mumkin.
Manchesterliklar frantsiyalik futbolchini kutmoqda, Varanning o‘zi Madriddan ketmoqchi, “Qirollik klubi” himoyachini qo‘yib yuborishga tayyor. Shunga qaramay, bu transferni amalga oshirish ishlari yakunlanmay qolyapti.
“Manchester Yunayted” vaziyatdan chiqish uchun e’tiborini “Lion” himoyachisi Yoakim Andersenga qaratdi.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi ijara asosida “Fulxem” sharafini himoya qildi va premer-ligada 31 uchrashuvda maydonga tushib, ingliz futbolida etarlicha tajriba to‘pladi.
Bundan tashqari Andersenning transferi manchesterliklar uchun ancha arzon – 20-25 million evroga tushadi.
Fikrlar