"Chonbuk Motors" - "Shanxay SIPG" 1:1 (video, penaltilar seriyasi)

  • 26 iyun, 2019, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun OChLda 1/8 final bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Tecno

Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan Xitoyning "Shanxay SIPG" jamoasi safarda Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" klubiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.

Xitoyda o‘tgan dastlabki bellashuvda ham 1:1 hisobi qayd etilgani bois, g‘olibni aniqlash uchun ekstra taym va penaltilar seriyasiga murojaat etildi. "Futbol lotereyasi"da esa omad shanxayliklarga kulib boqdi - 5:3.

Ahmedov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 120 daqiqa maydonda faol harakatlanib, penaltilar seriyasida 11 metrlik "nuqta"dan aniq zarba yo‘llab, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!