Chirchiqda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stritbol bo‘yicha "V" liga final bellashuvlari o‘tkazilmoqda

  • 17 iyun, 2023, 15:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 201 sonli qaroriga muvofiq, mahallalardagi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorlarini kashf etish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida besh bosqichda (mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida) "Besh tashabbus olimpiadasi" bellashuvlari yo‘lga qo‘yilgan.

Tecno


Ayni paytda joylarda “Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport turlari bo‘yicha beshinchi Respublika final bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, stritbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi “B” liga final musobaqalariga bugun 16 iyundan Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qilmoqda.
Reglamentga ko‘ra, bugun Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Muqimjon Arziqulov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Ravshan Gafurov va boshqalar sportchilarni qutlab, ularni musobaqalarda yuqori o‘rinlarni egallashlari uchun omad tilashdi.


Ta’kidlash kerak, stritbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 3 ta yosh toifasida (16-21, 22-26, 27-30) Qoraqalpog‘iston Respublikasi,Toshkent shahri barcha viloyatlardan 238 nafar yoshlar g‘oliblik uchun bellashishmoqda.
Shuningdek, musobaqa ishtirokchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun shaxmat-shashka, stol tennisi, badminton o‘yinlari, har kuni kechki paytda esa taniqli san’atkorlar ishtirokida madaniy tadbirlar tashkil etilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Musobaqa 20 iyunga qadar davom etadi.
                                                                                                                           avva

neoeno

noen

noeno

                                                                                                                               Ilhom RAHMONOV tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!