
Chempionlik kerak! "Real" Anchelottiga shart qo‘ydi
"Bayer"ni boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso bir necha shartlar asosida 2025 yil yozida "Real Madrid"ning bosh murabbiyi lavozimida Karlo Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda "Relevo" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar joriy mavsumda "Real" Chempionlar Ligasida ham La Ligada ham g‘olib bo‘la olmasa, Alonso Ispaniya klubini boshqaradi. Ta’kidlanishicha, mavsum muvaffaqiyatli yakunlansa, Anchelotti 2026 yil yozigacha, ya’ni shartnomasi tugagunga qadar klubda qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2022 yilda "Bayer"ni boshqarishni boshlagan edi. 2023/2024 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis rahbarligida Leverkuzen klubi Germaniya chempionati g‘olibligini va Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Evropa ligasi finaliga chiqdi. Alonsoning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar