
Chempionlarni tayyorlash (4-qism)
Ana endi, Umar Xayyom ruboiylaridan bir "hovuch"ini olasiz-da o‘ta rivojlanib ketgan hozirgi zamon futbolining boshiga tushirasiz! Natija beradimi? Shunaqangi natija beradi-ki, bu etti uxlab tushingizga ham kirmagan.
Yosh bolaning Ongi "oppoq qog‘oz"ga o‘xshaydi. Unga nima yozsang u shunga ishonadi. Hozirgi zamon maktabi nimaga asoslangan? Mantiqqa! Nimaning zarari hisobiga? Intuitsiyaning. Zamonaviy maktab ko‘pincha yaxshi niyat bilan bolalarni dunyoni anglashini faqat bir tomonlama qilib rivojlantiradi.
"Aql" degani nima? Mantiqli fikrlash qobiliyati. Yosh bolalar instinktlariga mantiq, ya’ni to‘g‘ri fikrlash, ba’zi bir qoidalarga binoan ma’lumotlarni umumlashtirish qobiliyati qo‘shiladi. Bu qobiliyat intuitsiyaning o‘rnini egallab oladi. U intuitsiyani siqib chiqaradi. Natijada uning ta’biy, "Xudo bergan" qobiliyatlari rivojlanmay qolishi mumkin. Demak, agar mantiqiy fikrlash jarayoni intuitsiyadan alohida rivojlansa, u holda yosh bolaning qobiliyati faqat bir tomonlama rivojlanadi.
Bir oyoq bilan yurish mumkinmi? Bir qanot bilan uchish mumkinmi?
Bola dunyoga kelgandan keyin olti yoshgacha uni urab turgan atrof - olamni o‘rganadi. Ayni shu yoshda uning QALBiga asoslarning asosi qo‘yiladi. Ya’ni, uning QALBiga futbolga bo‘lgan muhabbat uyg‘otiladi. Futboldan, "o‘z muhabbati"dan zavqlanish, rohatlanish, huzurlanish jarayonida u "ekstaz" holatiga tushadi. Ekstaz - ongda hech qanday fikrning bo‘lmasligi, bunda faqat tuyg‘u va intilish bo‘ladi. Yuksak hissiyot!!! (Men futbol nuqtai nazaridan yondoshayapman). Ayni "ekstaz" holatida "ma’lumotlar"ni oqib kelish jarayoni boshlanadi. Inson ekstaz holatida ichki intilish va lazzatni his qiladi. Bu vaqtda miyada lazzatlanishdan boshqa hech qanday fikr bo‘lmaydi. Ayni shu vaqtda oltinchi sezgi ishga tushadi. Ayni shu "ruhiy holat"ni yosh bolalar tanasi mushak (muskul)lari xotirasiga yozib qoladi. Mushaklar xotirasi esa bir umrlik. Bu holatni ular xotirasida saqlab qolishadi va hech qachon esdan chiqarishmaydi. Iste’dodlar mana shunday ravishda shakllanadi. Ular tug‘ilishmaydi, aksincha shakllanadi. Demak, Pele, Maradona yoki Lionel Messining iqtidori tasodif emas. Shunchaki ularning futbolga bo‘lgan muhabbati boshqalarnikiga qaraganda kuchliroq namoyon bo‘lgan, xolos.
Demak, oltinchi sezgini faollashtirishning eng yaxshi usullaridan biri futboldan lazzatlanishning eng yuqori holatiga etib, miyaning lazzatlanish markazini faollashtirishimiz kerak. Buning uchun futbolchilar futboldan, goldan zavqlanish va lazzatlanishning eng yuqori holatiga etishishi kerak.
Nima uchun iste’dodli deya e’tirof etilgan bolalar keyinchalik futbolda yo‘qolib qolishadi? Shuning uchun-ki, ular o‘zlariga tegishli bo‘lgan QALBni to‘g‘ri boshqarish uchun hech qanday ma’lumotga ega emas.
QALBni va hissiyotlarni boshqarish ongli tarzda nazorat qilinishi kerak. Chunki, ma’lum sabablar tufayli futbolchilardagi bu qobiliyatlar o‘zining to‘liq shakllangan vazifasini bajarmay qo‘yishi mumkin.
Futbolchilardagi xafagarchilikning, asabiylikning, qo‘rquvning, vahimaning, sarosimaning uxlab yotgan oltinchi sezgisi bilan qanday aloqasi bor?
U o‘ta nozik, ozodlikni yaxshi ko‘radi, tutqunlikda ko‘paymaydi. Unga alohida o‘ziga xos ma’naviy iqlim zarur. Agar futbolchining qalbida ozgina bo‘lsa-da xafagarchilik, asabiylik, qo‘rquv va yovuz niyatlar bo‘lsa, u yashirinadi, ya’ni ishlamaydi.
Futbolchilar ongli tarzda o‘z QALBini boshqarishni o‘rganishi kerak. QALBni kuchaytirishni o‘rganishlari kerak. Bu nima uchun muhim?
G‘arb odami bilan sharq odami nimasi bilan farqlanadi?
Irqi, millati, terisining rangi va tashqi ko‘rinishi bilan. Bu tanaga tegishli bo‘lgan farqlanishlardir. Yana bir farq bor, bu qalbga tegishli. Biz o‘ta ta’sirchanligimiz bilan farqlanamiz.
Agar siz G‘ARBdan nimanidir olib, ehtiyotsizlik qilib ShARQqa tiqishtirmoqchi bo‘lsangiz, siz ShARQdan "tarsaki" eb qolishingiz mumkin. "ShARQ - nozik masala!" Sharq odamlari o‘ta ta’sirchandirlar!
Bizning ta’sirchanligimiz nima bilan asoslanadi?
Quyosh bilan asoslanadi. Quyosh - bu o‘ziga xos alohida mavzu. O‘zingiz yaxshi bilasiz, biz quyoshli o‘lkada yashaymiz. Quyoshning nuri ta’sirida inson organizmida "D" vitamini hosil bo‘ladi.
"D" vitamini - bu darmondori, "E" uchun katalizator. "E" vitamini esa o‘z navbatida jinsiy quvvatni oshirish uchun katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa bizning ta’sirchanligimizni oshirib yuboradi.
Ta’sirchanligimiz esa bizning mentalitetimizni belgilab beradi.
Nima uchun sayyoramiz ekvatoriga yaqin joylashgan mamlakatlarda tug‘ilish ko‘proq, shimoliy mamlakatlarda bu ko‘rsatgich ancha past? Agar siz shimol tomonlarda, aytaylik Sibirda olti oy yashab ko‘rsangiz sizning intim (pardon!) holatingiz bugungi darajangizda bo‘lmaydi. Hohlasangiz sinab ko‘rishingiz mumkin, naqd doktorlikni himoya qilib olasiz.
Yoki yana ham qiziqrog‘i, agar sizni kimdir tanqid qilsa, bu sizga juda og‘ir botishi mumkin. Agar siz bilmasdan, mabodo o‘z rahbaringizni tanqid qilib qo‘ysangiz u sizni bor imkoniyatingizdan ham yo‘q imkoniyatingizdan ham mahrum qilishi mumkin. Fikrimga qo‘shilasizmi?
Ta’sirchanligimiz bizning kuchli tomonimizmi yoki ojizligimiz? Albatta, ojizligimiz. Mana shu ojizligimizni eng kuchli sifatga, durga, gavharga aylantirishimiz kerak bo‘ladi. Aynan ta’sirchanligimizdan muvaffaqiyat yo‘lida ongli tarzda to‘g‘ri foydalanishni o‘rganishimiz kerak.
Futbolchilarimiz o‘z QALBini boshqarishdagi tartibsizlikdan juda katta muammolarga duch kelishadi.
Mana shuning uchun ham futbolchilarimizga alohida o‘ziga xos bo‘lgan yondashuvni talab qiladi.
MAHORAT 10 yoshli futbolchida ham, 30 yoshli futbolchida ham mavjud. Lekin bu MAHORAT futbolchining o‘ziga bo‘lgan IShONChi shakllangan doirada ishlaydi.
Futbolchilarimizda qanday qilib o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish mumkin?
Futbolchilarimizni qanday qilib dunyo darajasiga chiqarish va ularning muvaffaqiyatini ta’minlash mumkin? Futbolchining saviyasi deganda biz nimani tushunamiz?
Futbolchining saviyasi, bu - uning fikrlash qobiliyati, dunyo futbolidagi tutgan o‘rni va kelajakdagi o‘z oldiga qo‘ygan orzu - maqsadlari bilan belgilanadi.
IShONChning shakllanishi esa qonunga binoan sodir bo‘ladi. Bu erda hech qanday tasodiflikka o‘rin yo‘q. ONG va Botiniy ongning ishlash printsipida ham qonuniyat bor.
Butun olam tartib ustiga qurilgan. Hamma narsa qonunga binoan sodir bo‘ladi. Shu jumladan, har bir insonda biror bir fikr yoki g‘oyaga nisbatan ishonchning shakllanishi ham qonunga binoan yuz beradi. Siz biror bir fikr yoki g‘oyaga nisbatan ishonchni shakllantirish uchun mas’ul emassiz. Siz biror bir fikr yoki g‘oyani tanlash uchungina mas’uldirsiz.
Botiniy ongning vazifalaridan biri - Ongga tushgan har qanday fikrni ishonch bilan o‘raydi. Ya’ni MARVARID qonuniga amal qiladi.
Fikrlar