
Chempionlar ligasiga chiqsak, uchta superfutbolchini transfer qilamiz
“Chelsi” rahbariyati jamoani yana Evropa futboli cho‘qqisiga qaytarishni maqsad qilgan. Ayni paytda “aristokratlar” Angliya Premer-ligasida Evropa Chempionlar ligasining navbatdagi mavsumiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlar uchun kurashmoqda.
Agar bu vazifa bajarilsa, klub xo‘jayinlari uchta katta transferga pul ajratadi. Xo‘sh, “Chelsi” nishonidagi superfutbolchilar kimlar?
Din Xyoysen – bu futbolchi jamoa himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun olib kelinadi. Dinga “Real” ham ko‘z tikib turibdi, biroq “aristokratlar” talab qilinayotgan summani birdagiga to‘lab, ortiqcha savdosiz Xyoysenni olib ketmoqchi.
Viktor Dyokeresh – tinimsiz gol urayotgan hujumchi bir necha klublar qatori “Chelsi”ning ham asosiy nishoni hisoblanadi. 75 million evroga baholanayotgan shved futbolchisini olish uchun londonliklar “Manchester Yunayted” raqobatini engishi kerak.
Rodrigo Goes – “Real”ga Kilian Mbappe kelganidan keyin ikkinchi planga o‘tib qolgan braziliyalik futbolchining ishqibozlari ko‘p. Hujumni sezilarli darajada kuchaytiradigan universal o‘yinchi uchun “Chelsi” 100 million evrodan ko‘p mablag‘ sarflashga tayyor.
Fikrlar