Chempionlar ligasi doirasidagi bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni kim sharhlaydi?

  • 11 mart, 13:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" - "Benfika" ishtirokidagi javob bellashuvini Muhammadali Muhammadkarimov sharhlab borsa, "Liverpul" - PSJ o‘rtasidagi bahsda esa Davron Fayziev ish olib boradi. 
 
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar Portugaliyaning "Benfika" klubi bilan to‘qnash keldi. Ilk bellashuvda "ko‘k-anorranglilar" bir kishi kam bo‘lib, Rafinyaning goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchgan edi. 
 
Parijda o‘tgan bellashuvda esa mersesaydliklar so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga muvaffaqiyatga erishishgan edi (0:1). 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" ishtirokidagi to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da start olsa, "Enfild"dagi uchrashuv esa 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!