Chempion nomi ma’lum bo‘ldi

BEPUL PROPAN

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bilan hamkorlikda voleybol bo‘yicha U15 yosh toifasida mamlakat chempionati tashkil etildi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur O‘zbekiston birinchiligida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq eng kuchli voleybolchi-yoshlar ishtirok etdi.

Chempionatning yakuniy natijalariga ko‘ra, Toshkent shahar jamoasi birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi ikkinchi, Andijon viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan sport turlarini yanada ommalashtirish, ayniqsa, voleybol bo‘yicha terma jamoaga yangi nomlarni kashf etish maqsadidan tashkil etilgan mazkur chempionat g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. 

Musobaqa davomida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan voleybolchilar saralanib, ushbu yosh toifasidagi terma jamoa tarkibidan joy olish huquqiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!