
"Chelsi"ning ikki futbolchisi noyob natijaga sohibiga aylandi
"Chelsi"ning ikki nafar a’zosi – Jorjino va Emerson Palmeri o‘z nomini Evropa futboli tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Aniqrog‘i, ushbu ikki futbolchi bir yil ichida Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Evropa chempionatida g‘olib chiqqan ilk futbolchilarga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" joriy yilning 29 may kuni Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Kecha tunda esa UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.
11 iyul kuni Jorjino va Emerson Italiya terma jamoasi safida “Evro-2020”da g‘olib chiqdi.
Fikrlar