“Chelsi” yulduzi “Real” zaxirasida o‘tirishga ham rozi!

  • 29 iyun, 2022, 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” hujumchisi Timo Verner ikki mavsumda ham Angliya futboliga to‘liq moslasha olmadi. Shu bois, kelasi mavsum oldidan germaniyalik futbolchi jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirgan.

Tecno

“El-Nasonal” nashrining xabar berishicha, Vernerning agentlari “Real” bilan bog‘lanib, hujumchining xizmatlarini ularga taklif qilgan.

Timo Verner Karlo Anchelotti ruxsat bersa, faoliyatini “Real”ning zaxirasidan boshlashga ham rozi ekanini bildirgan. Chunki 26 yoshli o‘yinchi madridliklarning asosiy to‘purari Karim Benzema bilan hozircha raqobatala olmasligini yaxshi tushinib turibdi.

“Chelsi” rahbariyati ham katta maosh olib, kam foyda keltirayotgan o‘yinchilar, xususan, Timo Vernerga yaxshi taklif tushsa uni qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!