
"Chelsi" safida so‘nggi bor kim poker qayd etgandi?
APLning 33-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Everton" bahsida "aristokratlar" yirik 5:0 hisobida zafar quchishdi. O‘yindagi 4 ta golni esa Koul Palmer urdi.
So‘nggi marta "Chelsi" safida Frenk Lempard bundan 14 yil oldain poker qayd etgandi. 2009/10 mavsum doirasida bo‘lib o‘tgan "Aston Villa"ga qarshi bahsda londonliklar 7:1 hisobida g‘alaba qozonishadi.
Palmer "Everton" darvozasinii 4 marta ishg‘ol qilishi bilan birgalikda APL to‘purarlar poygasida ham Erling Xolandga etib oldi. Ayni paytda ikkala futbolchining hisobida 20 tadan gol mavjud.
Fikrlar