
"Chelsi" raqobatchilariga futbolchi sotishda davom etadimi?
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Angelos Postekoglu rahbariyatdan "Chelsi" yarim himoyachi Konor Gallaxer bilan shartnoma imzolashni so‘radi. Jurnalist Semi Mokbelning so‘zlariga ko‘ra, avstraliyalik mutaxassis 23 yoshli angliyalik futbolchini jamoaga kerakli energiyani bera oladigan o‘yinchi deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, manbaning xabar berishicha, “Chelsi” hozirda Gallaxerni, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi hisoblangan jamoalarga sotishni istamayapti. “Aristokratlar” rahbariyati shundoq ham o‘zining bevosita raqiblariga haddan tashqari ko‘p o‘yinchilar sotib yuborganini tushunishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yozgi transferlar paytida “Chelsi” Mateo Kovachichni "Manchester Siti"ga, Kay Xavertsni "Arsenal"ga, Meyson Mauntni esa "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yubordi.
Fikrlar