
“Chelsi” “Liverpul” muxlisini oladigan bo‘ldi
Bild nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli “Liverpul” olmochi bo‘layotgan Konrad Laymerni o‘z jamoasiga og‘dirib olmoqchi.
“Leyptsig”ning 25 yoshli o‘yinchisi “Liverpul” muxlisi hisoblanadi va faoliyatini Yurgen Klopp qo‘l ostida davom ettirishni istayapti.
Shunga qaramay, Todd Byoli avstriyalik yarim himoyachining tanlovini o‘zgartira olishiga ishonmoqda.
Umuman olganda, “Chelsi” yozda “Leyptsig”ning uch nafar o‘yinchisini bir urinishda sotib olmoqchi. “Aristokratlar” ro‘yxatiga Laymerdan tashqari Kristofer Nkunku va Yoshka Gvardiol ham kiritilgan.
Fikrlar