"Chelsi" "Liverpul" darvozabonini qo‘lga kiritmoqchi

  • 1 aprel, 21:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londondagi "Chelsi" klubi "Liverpul" darvozaboni Kaomxin Kellexerni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Irlandiyalik posbon allaqachon Alissonning dublyori roliga ko‘nikishga majbur bo‘lgan, yangi mavsumdan esa uning jamoada uchinchi darvozabon bo‘lib qolish ehtimoli bor. Bunga sabab – "qizillar" safiga Georgiy Mamardashvilining qo‘shilishi.

"Football Insider" nashrining xabariga ko‘ra, "Chelsi" Kellexer uchun 40 million funt sterling (taxminan 48 million evro) taklif qilishga tayyor. "Transfermarkt" portali 26 yoshli darvozabonning transfer narxini 22 million evro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda Kaomxin Kellexer "Liverpul" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!