"Chelsi" futbolchisini haydashdi

  • 5 aprel, 2021, 09:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" mashg‘ulotlarida himoyachi Antonio Ryudiger va darvozabon Kepa Arrisabalaga o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik posbon bilan mojaro keltirib chiqargani uchun germaniyalik futbolchini mashg‘ulotlar yakunlanmasidan avval haydashgan. Bu vaziyatda ikki futbolchi o‘zaro yoqalashishgacha bordi va ularni jamoadoshlari ajratib qo‘ydi.

Keyinchalik, Ryudiger va Kepa jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxeldan bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘ragan.

3 aprel kuni “Chelsi” APLning 30-turida “Vest Bromvich”ga kutilmaganda 5:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Aytish kerakki, bu Tomas Tuxelning “aristokratlar” boshqaruvidagi dastlabki mag‘lubiyati bo‘ldi. O‘sha bahsda Kepa ham, Ryudiger ham zaxirada o‘tirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!