“Chelsi” Angliya, Ispaniya va Evropa chempioni bo‘lgan zo‘r hujumchini oladi

  • 25 fevral, 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish uchun kuchli chempionlik ruhiyatiga ega hujumchini olishga qaror qildi.

Tecno

Gap Ferran Torres haqida ketmoqda. Ayni paytda “Barselona” sharafini himoya qilayotgan hujumkor futbolchi 24 yoshidayoq katta yutuqlarga erishganini alohida ta’kidlash lozim.

Torres 2020-2021 yilgi mavsumda 19 yoshidayoq Xosep Gvardiola jamoasida o‘zini ko‘rsata olgan. APLning 25 ta uchrashuvida qatnashib, ettita gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan va Pngliyaga chempioniga aylandi.

Oradan bir yil o‘tib, 2022 yilning yozida taqdir Ferranni o‘z yurtiga etakladi va u “Barselona” safiga qo‘shilgan mavsumdayoq Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi.

Iste’dodli o‘yinchining keyingi yutuqlari Ispaniya terma jamoasi bilan bog‘liq. 2021 yili mamlakat bosh jamoasi safida UEFA Millatlar ligasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ikki yildan keyin mazkur musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ferran Torres o‘tgan yili yozda Ispaniya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida g‘olib chiqdi.

Endi bu yigitni “Chelsi” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Barselona” esa, o‘yinchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!