
Buxoroda tashkil etiluvchi "ATF Championship 1" jang kechasining sanasi o‘zgardi yoxud navbatdagi juftlik ma’lum
Buxoroda ilk promoushen tashkil topganidan va uning dastlabki turnirini o‘tkazishi borasida ma’lumot berib o‘tgandik.
Muzaffar Radjabov boshchiligidagi "Amir Temur" klubi qoshida tashkil etilgan ATF Championship(Amir Temur Fighting Championship) promoushenining ilk turniri 27 iyun kuni Buxoro viloyatining Romiton tumanida joylashgan "Oazis" turistik markazning yozgi arenasida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, ushbu sana o‘zgargan va 30 may kuni "ATF Championship 1" jang kechasi tashkil etiladigan bo‘ldi.
Mazkur kechada oktagonga ko‘tariluvchi juftliklarga ham asta-sekin aniqlik kiritib borilmoqda. Jumladan, og‘ir vazn toifasida mudofa vaziri kubogi finalchisi O‘tkir Radjabov "Amir Temur" klubi tarbiyalanuvchisi Shahzod Po‘latovga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.
Ushbu jang oqshomida 5 ta professional kikboksing hamda 10 ta MMA janglari o‘tkaziladi. Qolgan juftliklar haqida ham tez orada ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar