"Buxoro" "Surxon"ni mag‘lub etdi va Toshkentdagi yig‘inini yakunladi

  • 28 yanvar, 2022, 17:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Buxoro” klubi Toshkentdagi yig‘ini davomidagi oxirgi nazorat uchrashuvini Termizning “Surxon” klubiga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsda buxoroliklar safiga yangi qo‘shilgan ukrainalik hujumchi Viktor Xomchenko tomonidan kiritilgan yagona gol “Buxoro” jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Tecno

“Buxoro” tarkibi: Nikola Stoshich, Dmitro Sidorenko, Mirjalol Jumaev, Jasur Hasanov, Jamoliddin Ubaydullaev, Sardor Eminov, Anvar Jo‘raev, Rustam Abduhamidov, Sanjar Rixsiboev, Viktor Xomchenko, Ro‘zim Ahmedov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Qobuljonov, Shoxjahon Nasimov, Sardor Izzatov, Oleg Marchuk, Bekzod Saidov, Sobit Sindarov, Sardor Mahmudov, Xurshid Olimov, Firdavs Asadov.

Shunday qilib, Hakim Fuzaylov boshchiligidagi buxoroliklarning Toshkentdagi ikki haftalik yig‘ini yakuniga etdi. Endi 31 yanvar kuni klub o‘z qarorgohida to‘planadi. Reja bo‘yicha yana bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkillashtiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!