
"Buxoro" o‘rtoqlik o‘yinida "Neftchi"ga yutqazdi. Tarkibga esa yangi futbolchilar qo‘shilishda davom etyapti
Hakim Fuzaylov boshchiligidagi “Buxoro” klubi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining navbatdagi qismi sifatida Toshketda yig‘inni davom ettirmoqda.
Oldindan rejalashtirilganidek, buxoroliklar bugun Superligaga qaytgan “Neftchi” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashishdi.
Avvalo shuni aytib o‘tish lozimki, “Buxoro” safiga yana ayrim yangi o‘yinchilar taklif qilindi. Jumladan, “Surxon”da to‘p surgan hujumchi Sardor Sulaymonov, “Lokomotiv”dan Sardor Mahmudov, “Olimpik”dan Lyubomir Bondarenko, “Mash’al” klubidan Doniyor Usmonov va “Xorazm” safida to‘p surgan Diyor Ramazonov Fuzaylov jamoasining mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdalar.
“Chig‘atoy” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda “Buxoro” 0:2 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berdi. “Neftchi”dan Sirojiddin Qo‘ziev va Sunnat Abdullajonov bittadan gol muallifi bo‘ldilar.
“Buxoro” tarkibi: Nikola Stoshich, Bobur Omonov, Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboev, Bekzod Saidov, Anvar Jo‘raev, Jamol Ubaydullaev, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Rustam Abduhamidov, Shavkat Salomov, Firdavs Asadov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Sardor Izzatov, Xurshid Olimov, Suhrob Ne’matov, Sardor Sulaymonov, Sardor Mahmudov, Lyubimor Bondarenko, Doniyor Usmonov, Diyor Ramazonov.
Fikrlar