BUUUM! Saudiya klubi Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ular taklif etgan summa esa...

  • 14 iyul, 2022, 04:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni jamoasi Krishtianu Ronaldu transferi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. 

"TVI" va "CNN Portugesa" nashrlari tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Saudiya klublaridan biri "Manchester Yunayted" hujumchisi uchun 300 million evro to‘lashga tayyor. 

Bu mablag‘ning 250 millioni portugaliyalikning maoshi, (yiliga 125 million evro) 30 millioni mankunialiklar uchun transfer to‘lovi va yana 20 million evro agentlarga komission to‘lovlar uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan. 

Qayd etilishicha, 37 yoshli goleador mazkur taklifni qabul qilishi qiyin masala. Sababi, u kamida yana bir mavsum Evropaning top klubida o‘ynamoqchi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!