Butrageno Vinisius borasida gapirdi

  • 10 dekabr, 2019, 01:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi direktori Emiliano Butrageno La Liganing 16-turidan o‘rin olgan "Espanol" (2:0) ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Vinisius Junior borasida fikr bildirdi.

Tecno

"O‘ylashimcha, u juda ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Men o‘zim hujumchi bo‘lganman va shuning uchun, nima haqida gapirayaptganimni yaxshi bilaman.

Bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi, u shunchaki ajoyib. Vinisius birin-ketin raqiblarni aldab o‘tishda juda kuchli va tezkor. Ajoyib o‘yin bo‘ldi.

To‘g‘ri, juda ko‘pchilik gollar urmayotgani borasida gapirayapti. Ammo u hali juda yosh. Bilamizki, uni sifatlari juda ajoyib va biz bundan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak," - dedi Butrageno.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!