Buskets “Barsa”dan qaysi jamoaga o‘tishi hal bo‘ldi

  • 29 noyabr, 2022, 22:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa tarkibini tozalashni davom ettirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis yoshi katta o‘yinchilarning aksariyatini ketkazishga qaror qilgan.

Tecno

Kataloniyaliklar klubida uzoq yillardan beri to‘p kelayotgan Serxio Busketsga ham chiqish eshiklari ochilgan.

Hozir jahon chempionatida o‘ynayotgan ispaniyalik yarim himoyachi AQShga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.

“Inter Mayami” jamoasi mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan 34 yoshli futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oladigan bo‘ldi.

Serxio Buskets “Barselona”dagi faoliyati davomida 696 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 42 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!