
"Bunyodkor"ning bo‘lajak raqibi "Al Ayn" haqida nimalarni bilasiz?
O‘tgan mavsum Superligada 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, OChL saralash bosqichiga yo‘llanma olgan "Bunyodkor" ertaga saralashning uchinchi bosqichi doirasida BAAda mahalliy "Al Ayn" klubi mehmoni bo‘ladi. Quyida bo‘lajak raqib haqidagi ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
1968 yilda tashkil topgan mazkur klub BAAning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri sanaladi. "Al Ayn" mamlakatda eng ko‘p unvonga (jami 32 marta) ega bo‘lgan klub sifatida shuhrat qozongan. 13 marotaba BAA Pro-ligasi chempioni, 7 marta Prezident kubogi, 1 marta Fors ko‘rfazi kubogi, 5 marta Cuperkubok, 1 marta Liga kubogi va klublar o‘rtasidagi JCh finalchisi sanaladi. Klub hozirgi kunga qadar OChLda g‘alaba qozongan yagona BAA jamoasi hamdir.
Ayni damda klub BAA Pro-ligasida ortda qolgan 13 turdan so‘ng 24 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. "Al-Ayn"ni 2020 yilning 4 yanvaridan boshlab portugaliyalik Pedro Emanuelm boshqarib kelyapti.
Eslatib o‘tamiz, "Al Ayn" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi keyingi bosqich uchrashuvi 28 yanvar "Hazza bin Zaed" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Durdona Yo‘ldosheva tayyorladi
Fikrlar