"Bunyodkor" Minskda! Tarkibda kimlar bor?

  • 13 iyul, 2022, 16:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, “Bunyodkor” mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazadi.

Tecno

8 iyul kuni mashg‘ulotlarni boshlagan “qaldirg‘ochlar” Toshkentdagi uch kunlik yig‘indan so‘ng bugun erta tongda Belarus poytaxti Minsk shahriga etib keldi. Shahardagi “Viktoriya Olimp” mehmonxonasiga joylashgan “qaldirg‘ochlar” bugun tushdan so‘ng xorij yig‘inidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi.

26 iyulga qadar davom etadigan yig‘in doirasida to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Raqiblar va o‘yin o‘tkaziladigan kunlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Murabbiylar shtabi va personal xodimlar

Shomurod Isroilov – moliya menejeri

Viktor Karpenko – bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi

Anvar G‘ofurov – katta murabbiy

Avgustin Chiritsa – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy

Marat Galimov – darvozabonlar murabbiyi

Akbar Dadashev – tahlilchi

Qahramon Nurmuhammedov – shifokor

Radion Sarichev – massajchi

Aziz Rizboev – massajchi

Shoaziz Shog‘iyosov – katta ma’mur

Tohir Solixov – ma’mur

Furqat Nishonov – matbuot kotib

Futbolchilar

Darvozabonlar

Suhrobjon Sultonov

Zafar Safaev

Gleb Xarin

Himoyachilar

Avazbek O‘lmasaliev

Davronjon Ergashev

Farhod Mirahmatov 

Muhammadodil Qahramonov

Mahmudjon Mahamadjonov

Sardorbek Xursandov

Yarim himoyachilar

Muhammadsafo Fozilov

Bilol Tupliev

Muzaffar Olimjonov

Suhrob Izzatov

Rasul Yo‘ldoshev

G‘ayrat Azizxo‘jaev

Umarali Rahmonaliev

Dmitriy Pobulich

Hujumchilar

Husayn Ergashboev

Farruh Ikromov

Usmonali Ismonaliev

Jasurbek Hakimov

Ibrohim Tomiva

Frantsis Narx

“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/07/2022 17:39
Bunyotkor pul yuq deyishuvdiki. ha bu chetka chiqib shugullanapti. yo safarga pul sarflashmasmikan.