
Bundesliga. "Bavariya" qudratli paytlarini xotirlab, sakkizta gol urdi. Keyn esa xet-trik qildi!
Germaniya Bundesligasi 25-turidan o‘rin olgan "Bavariya" va "Maynts" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar o‘ta yirik 8:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Xarri Keyn bellashuvda xet-trik qayd etdi, Leon Goretska esa dubl muallifi bo‘ldi. Yana 3 gol Tomas Myuller, Jamal Musiala va Serj Gnabri nomiga qayd etildi.
Ma’lumot uchun, Tomas Tuxel jamoasi ayni damda 57 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Bayer" bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil etyapti.
Fikrlar