Bunaqasi O‘zbekistonda ilk bor bo‘ladi

  • 5 fevral, 2020, 10:05
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi Tverning "Dinamo" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bellashuv soat 19:30 da "Humo-Arena" muz saroyida start oladi.

Tecno

Ushbu uchrashuvga tashrif buyuruvchi muxlislarni bir qator syurprizlar kutmoqda. O‘yin oldidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov tomoshabinlarga xushkayfiyat ulashishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, klub hamkorlari tomonidan sovg‘alar, "Basta" guruhi kontsert dasturi uchun chiptalar, "Humo" pitstsasi uchun bepul sertifikatlar, shaybalar o‘ynaladi.

Shuningdek, birinchi davrdan so‘ng "Krasnaya mashina" brendining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi. Vanihoyat uchrashuv yakunlanganidan so‘ng muxlislar O‘zbekistonda ilk bor maydonga o‘zlari bilan olib kelgan yumshoq o‘yinchoqlarni uloqtirish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur o‘yinchoqlar onkologik kasallikdan aziyat chekuvchi bolalar davolanuvchi shifoxonalarga jo‘natiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!