
Bunaqasi bo‘lmagan: Lamin Yamal “Evro-2024”da 11 rekord o‘rnatdi
Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionati iste’dodli o‘yinchilarga boy bo‘lgan va yorqin o‘yin namoyish etgan Ispaniya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ispanlarning g‘alabasida musobaqa davomida 17 yoshga to‘lgan Lamin Yamalning hissasi katta bo‘ldi. “Barselona” tarbiyalanuvchisi “Evro-2024”ning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi.
Umuman olganda, Lamin Yamal turnir davomida quyidagi rekordlarni o‘rnatdi:
Evropa chempionatlari tarixidagi eng yosh o‘yinchi;
Evropa chempionatlari tarixida gol urgan eng yosh o‘yinchi;
Evropa chempionatlari tarixida assistni amalga oshirgan eng yosh o‘yinchi;
Evropa yoki jahon chempionatlarida yarim finalda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi;
Evropa yoki jahon chempionatlarida yarim finalda gol urgan eng yosh o‘yinchi;
Evropa yoki jahon chempionatlarida finalda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi;
Evropa yoki jahon chempionatlarida finalda golli pas uzatgan eng yosh o‘yinchi;
Evropa chempionatlari tarixida eng yaxshi assistent bo‘lgan eng yosh futbolchi;
Bitta Evropa chempionatida eng ko‘p (to‘rtta) assistni amalga oshirgan o‘yinchi;
Evropa chempionatlarida g‘olib chiqqan eng yosh futbolchi;
Yuqorida ta’kidlanganidek, Lamin Yamal Evropa chempionatida eng yaxshi yosh o‘yinchi bo‘ldi.
Fikrlar