
Bunaqasi APL tarixida bo‘lmagan!
"Arsenal" kecha o‘z muxlislarini ranjitdi. Mikel Arteta shogirdlari APLning 31-turidan o‘rin olgan London derbisida safarda “Vest Xem”ga qarshi o‘tkazib, 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi, ammo yakunda g‘alaba qozona olmadi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Aytish kerakki, Premer-liganing o‘tgan turida "Arsenal" safarda "Liverpul" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida oldinda borgan va 2:2 hisobida durangga imzo chekkan edi. Opta statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, "kanonirlar" Premer-liga tarixida birinchi marta ketma-ket ikki o‘yinda ikkita gol farqini qo‘ldan chiqargan ilk jamoaga aylanishdi.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" ushbu muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, hamon APL peshqadami bo‘lib qolmoqda. Londonliklar bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan holda “Manchester Siti”dan 4 ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar