Bunaqa pulga haydalish ham alam qilmaydi

  • 20 oktabr, 2024, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni futboli rahbarlari milliy terma jamoaning italiyalik bosh murabbiyi Roberto Manchinini iste’foga chiqaradigan bo‘lgan.

Tecno

La Gazzetta dello Sport gazetasining yozishicha, iste’fo Saudiya Arabistoni qiroli tasdiqlaganidan keyin rasman e’lon qilinadi.

59 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2023 yilning yozida qabul qilib olgan. Lekin keyingi paytda natijalarning pasayib ketgani va bosh murabbiyning jamoa o‘yinchilari bilan qarashlari to‘g‘ri kelmayotgani uning iste’fosiga sabab bo‘ldi.

2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo saralash turnirida saudiyaliklar Bahraynni mag‘lub etolmaganidan keyin rahbariyati Manchinining xizmatidan voz kechishga qaror qildi.

Calcio e Finanza nashrining ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassis Saudiyadan quruq ketmaydi. Federatsiya 2026 yilgacha tuzilgan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun evropalik murabbiyga 25-30 million evro miqdorida kompensatsiya to‘lashi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!