
Bunaqa futbolchi kerak emas! Superklub Osimxendan yuz o‘girgani sababini oshkor qildi
“Napoli”ning nigeriyalik to‘purari Viktor Osimxenga yozda Evropaning bir qator grand klublaridan taklif bo‘lgandi. Biroq o‘yinchi bir qarorga kelgunicha transfer oynasi yopilib qoldi.
Natijada “Napoli” Osimxenni Turkiyaga ijaraga jo‘natib yubordi.
Hujumchiga da’vogarlar orasida “Arsenal” ham bor edi. Biroq kanonirlar tezda bu transferdan yuz o‘girdi.
Afcstuff nashrining ma’lum qiligicha, “Arsenal” Osimxenni olishdan voz kechishiga o‘yinchining o‘ta katta maosh talab qilayotgani sabab bo‘lmagan. Osimxen Nigeriya terma jamoasi murabbiylari bilan ochiqcha janjallashgani londonliklarning fikrini o‘zgartirgan. Ular ustozini hurmat qilmagan futbolchi muhitni buzishi mumkinligidan xavotirga tushgan
Fikrlar