BUM! "Nasaf" Viktor Da Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 5 yanvar, 2024, 19:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshining "Nasaf" klubi Viktor Da Silva transferini rasman e’lon qildi.

Tecno

"Braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Viktor Da Silva bugun jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Futbolchi faoliyati davomida Italiyaning “Kevo”, “Peskara”, “Breshia”, “Teramo”, “Perudja”, “Fermana”, “Virtus Verona” ko‘plab klublarida to‘p tepgan. 2013-yilda “Kevo” safida Italiya A seriyasi va Italiya Kubogida o‘ynagan. Viktor Xorvatiyaning “Istra 1961”, Albaniyaning “Vlazniya”, Kiprning “Olimpiakos” kabi klublarda ham to‘p tepgan. Uning so‘nggi jamoasi Albaniyaning “Partizani” bo‘lgan.

Ishonamizki, braziliyalik futbolchi jamoamizga sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi. “Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Viktor", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mn
07/01/2024 08:46
Марушич зур трансфер булди шу дасилва ва голбонни урнига навбахордан искандаров болтабоев хамда гретсияда машариповни олиб келганда аник чемпион буларди
KUDRATOV ŞUKHRAT
05/01/2024 22:17
Bir iltimosim bor edi. Nasafda Qilingan barcha transferlar haqida biror mutaxassis bilan suhbat imkoni bormi? Chunki qiziq bu transferlar uzini oqlarmikan yoki Chavezdek qarriganlar keldimi? Yoshi o'tgan Golbanni nega kelgani ham qiziq
&
Тўлқин Хайит
05/01/2024 19:20
Ва нихоят.
Yangiboyev Bekmurod
05/01/2024 19:17
Marushichga joy qolmadi shekilli. Yo Marko Oʻzbekiston fuqaroligini oladimi. Fevralda 5-yil boʻladi
KUDRATOV ŞUKHRAT
05/01/2024 22:17
Menimcha Marko ketadi
&
ibroximmm
05/01/2024 23:52
Марко кетадиган булса Марушич келмасди Марко кундирган