
Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoasi amaldagi chempionga qarshi o‘ynaydi
Bugun Belarus chempionatida 9-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur amaldagi chempion "Dinamo" Brest jamoasi bilan kuch sinashadi.
Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadigan mazkur bellashuv onlayn translyatsiyasini o‘yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida saytimiz orqali havola etamiz.
17:00 "Energetik-BGU" - "Dinamo" Brest | "Sport 1" (Ukraina)
Fikrlar