
Bugun Sardor Rashidov va Eren Derdiyok gol urdi
"Paxtakor" asosiy tarkibi bugun ikki tarkibga bo‘linib o‘zaro o‘yin o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda murabbiylar asosiy jamoa safida shug‘ullanayotgan barcha futbolchilarni ikki tarkibga bo‘lgan holda sinovdan o‘tkazildi. Bellashuvda 3:0 hisobi qayd etildi. G‘olib jamoadan to‘plarni Rashidov, Derdiyok va Iminov kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, "sherlar" mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yinni 6 mart kuni Samarqandda "Nasaf"ga qarshi O‘zbekiston Superkubogi bahsi doirasida o‘tkazadi. O‘yin soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar