
Bugun "Bunyodkor" Belarus klubi bilan o‘ynaydi
Viktor Karpenko ustozligidagi "Bunyodkor" asosiy jamoasi bugun Belarusning etakchi jamoalaridan biri, ayni vaqtda milliy chempionatda BATEdan keyin ikkinchi bo‘lib turgan "Isloch"ga qarshi saf tortadi.
Shuningdek, Ivan Boshkovich boshchiligidagi "Bunyodkor" o‘rinbosarlar jamoasi Xorvatiyaning nomdor klubi Zagrebning "Dinamo"si o‘rinbosarlari bilan kuch sinashadi.
Har ikkala uchrashuv 13:00 da start oladi. "Bunyodkor" matbuot xizmati ikki bahsni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etishni rejalashtirgan.
Fikrlar