
Bu yulduz Mourino jamoasida o‘ynay olmaydi!
“Inter”ning sobiq futbolchisi Juzeppe Bergomi “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala “Roma”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Bir oydan keyin erkin agentga aylanadigan argentinalik yulduzga A Seriya jamoalari orasida aynan “Inter” va “Roma” da’vogarlik qilmoqda.
- “Roma”ga Dibala tipidagi hujumchi kerak emas. Ularga xuddi Temmi Abraxamday o‘ynaydigan yana bir forvard zarur.
Hujum ortida Lorentso Pellegrini va Nikolo Dzanolo bor. Agar Paulo Dibala Rimga ketadigan bo‘lsa, Joze Mourino uchun oldingi chiziqdagi bu futbolchilarning o‘yinini uyg‘unlashtirish imkonsiz bo‘lib qoladi.
Mening Dibalaga hech qanday qarshiligim yo‘q. U yuqori saviyali o‘yinchi, hujumchi pozitsiyasida zo‘r o‘ynaydi, lekin ko‘p narsa murabbiy qo‘llaydigan taktika va o‘yin uslubiga bog‘liq, - dedi Bergomi.
Fikrlar