Bu "Neftchi"ning eng yaxshi o‘yinimi? "Metallurg"ning zaif tomoni nimada edi? Farg‘onaliklar chempionlik uchun kurashadimi? Bosh murabbiy qanday javob berdi?

  • 4 mart, 2023, 00:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga karvoni yo‘lga tushdi va 3 mart kuni dastlabki ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Bekobodda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Hujumkor va qiziqarli tarzda o‘tgan uchrashuvda “Neftchi” 0:3 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi farg‘onaliklar mavsumga yirik hisobdagi g‘alaba bilan kirib keldilar. Uchrashuvdan so‘ng Sports.uz muxbiri Levchenko bilan bog‘landi.

- Vitaliy Grigorevich, Bekoboddagi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Bu bahorgi o‘yin bo‘ldi. Biz unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Fursatdan foydalanib qishki tayyorgarlik chog‘ida bizga juda qulay sharoit yaratib bergan viloyat hokimi Hayrullo Hayitboevich Bozorovga minnatdorchilik bildiramiz. O‘yin tomondan olib qaraganda, biz g‘alabaga haqli ravishda erishdik.

- Uchrashuvdan oldin jamoangizning 3:0 hisobida g‘alaba qozonishini o‘ylaganmisiz?

- Biz raqibning o‘yinini o‘rgangan holda uning zaif tomonlari haqida yigitlarga aytgandik va men bunday ma’lumotdan yaxshi foydalanishgani uchun yigitlarimizga minnatdorligimni bildirib o‘tmoqchiman.

levchenko1

- “Metallurg”ning kuchli tomoni nimada edi va raqib siz kutgan o‘yinni ko‘rsata oldimi?

- “Metallurg” xuddi biz oldindan taxmin qilganimizdek, o‘yinni uzun paslar oshirgan holda Obradovichga tayanib, tashkil etdi. U o‘z navbatida ikkinchi tezkor hujumchi sifatida bu uzatmalarga tayanib o‘yin ko‘rsatishi kerak edi.

- Uchrashuvning qaysi paytida jamoangizning g‘alabasini to‘liq his qildingiz?

- Final xushtagi chalingach, g‘alaba qozonganimizni his qildim.

levchenko2

- Ikkita gol urgan Umar Adxamzoda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Siz ham shunday fikrdamisiz?

- Ha, u o‘z o‘yini bilan bunday nomga haqli ekanligini namoyish eta oldi.

- Nima deb o‘ylaysiz, bu “Neftchi”ning eng yaxshi o‘yini bo‘ldimi?

- Xudo xohlasa, umid qilamanki, eng yaxshi o‘yinlarimiz hali oldinda.

- Jarohat olgan Lutfulla To‘raev qachon maydonga qaytadi?

- Umid qilamanki, u jarohatdan tezroq forig‘ bo‘lib, safga kutganimiz darajasida qayta oladi.

levchenko

- Antaliyadagi 42 kunlik yig‘in o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishni boshladimi?

- Ha, o‘sha yig‘inlar endi o‘zining samarasini bermasdan qo‘ymaydi. Biz tayyorgarlik rejasini juda yaxshi tashkil etgandik.

- Umuman aytganda, “Neftchi” chempionlik uchun tayyormi?

- Buni yangi boshlangan joriy chempionat ko‘rsatib beradi. Yakuniy natija qanday bo‘lishini esa zimmamizga yuklatilgan vazifani qay darajada bajara olishimizga bog‘liq. O‘z o‘rnida o‘zimizdan kutilgan hamma ishni bajarishga harakat qilamiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хакимов Авазбек
04/03/2023 13:54
Олга Нефтчи
Turgunоv Abduvaкhab
04/03/2023 08:19
Бундай мураббий билан Нефтчи олдинги мавкеига эга бола олади!