Bu mag‘lubiyat Fayzullaev uchun alamli bo‘ldi

  • 23 may, 2024, 21:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev uchun joriy mavsum eng esda qolarlisi bo‘ldi. “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan iqtidorli futbolchimiz legioner sifatida muxlisu mutaxassislar e’tibori va e’tirofini qozondi.

Tecno

20 yoshli hamyurtimiz Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi va asosiy kashfiyoti nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.

TsSKA safida Abbosbek biror sovrinni qo‘lga kirita olmadi. “Armiyachilar” Rossiya kubogi finalida “Zenit”dan mag‘lubiyatga uchrab, Superfinal yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Fayzullaev jurnalistlarga bergan intervyusida bu holatga alohida e’tibor qaratdi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

— TsSKAdagi mavsumni bir so‘z bilan izohlab ber...

— O‘rtacha. Biz Rossiya kubogining Superfinaliga chiqa olmadik, lekin mavsumni sovrin bilan yakunlashni istagan edik. “Zenit”ga penaltilar seriyasidan yutqaziganimiz alamli bo‘ldi.  Bu lotoreya edi.

— Bu mavsum shaxsan sen uchun qanday bo‘ldi?

— Shaxsan o‘zimni aytsam, yaxshi bo‘ldi. Yil davomida o‘sishga erishdim. O‘sish o‘yin bobida ham, jismoniy va umumiy tarafdan ham bo‘ldi. Keyin ham mavsumdan mavsumga rivojlanib borishni xohlayman.

— Chempionatning kuzgi qismini yuqori darajada o‘tkazding, bahorda may oyigacha gol+pas tizimida 1+1 ko‘rsatkichini qayd etding. Sababa nimada?

— TsSKAga endi kelgan vaqtimda raqiblar menga ortiqcha e’tibor qaratmas edi. O‘zimni ko‘rsatganimdan keyin menga nisbatan shiddatli va tajovuzkor o‘ynay boshlashdi, harakat qilishga kam imkon berishdi. Mana shu tomondan biroz qiyinchilik bo‘ldi.

Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasida 21 ta o‘yinda o‘z hisobiga to‘rtta gol va ettita assist yozdirib qo‘ydi. Rossiya kubogi doirasida 10 ta uchrashuvda bitta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

Legionerimiz TsSKA safida chempionatda “Rostov”, “Dinamo Moskva”, “Fakel” va “Rubin”, kubok musobaqasida “Baltika” jamoasi darvozasini  ishg‘ol qildi.

Fayzullaev kutilmagan "sinov"ni qanday engib o‘tdi?

Shomurodov bo‘yicha yangi muzokara bo‘ladi!

Fayzullaev bir pog‘ona ko‘tarildi

Legionerimiz Parijda chempion bo‘lmoqchi!

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi “Evro-2024”da ishtirok etadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!