Bu ishda Husanovga teng keladigani yo‘q!

  • 7 fevral, 00:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Belarus futboli vakillari “Manchester Siti” o‘yinchisiga aylangan Abduqodir Husanov professional faoliyatini ushbu mamlakat oliy ligasida boshlaganini faxr bilan tilga oladi.

2022 yili “Energetik-BGU” bilan birinchi professional shartnomasini tuzgan o‘zbek futbolchisi oradan bir yil o‘tib, Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Bu Belarus futboli tarixida mahalliy jamoaning “top-5” ligasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirgan birinchi transfer bo‘ldi.   

Yaqinda Belarusning “Vitebsk” jamoasi safiga qo‘shilgan belaruslik futbolchi Yaroslav Makushinskiy O‘zbekiston chempionatida oliy divizionga yo‘l olgan “Buxoro” jamoasi sharafini himoya qilgani, o‘zbek futboli va “Energetik-BGU”da Abduqodir Husanov bilan birga o‘ynagani haqida intervyu berdi.

- Agar futbol haqida gapiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston chempionatining birinchi ligasi ham kuchli turnir hisoblanadi. Hamma tashkil ishlar yaxshi darajada bajarilgan. Stadionga keladigan muxlislar soni ham biznikidan ko‘p. Ular o‘z jamoasini faol qo‘llab-quvvatlab turadi.

- Futbolning umumiy darajasini solishtirsak, qaysi mamlakat ustun?

- O‘zbekiston chempionatidagi mavqe jihatidan ikkinchi ligada sakkizta jamoa ishtirok etadi. “Buxoro”  unda ikkinchi o‘rinni egalladi. Biroq musobaqa jadvali juda zich ko‘rinish oldi.

Deyarli barcha klublarning darajasi va saviyasi bir-biriga yaqin. Raqobat kuchli, hamma yuqori divizionga chiqish uchun kurashdi, oddiy o‘yinlar bo‘lgani yo‘q hisob.

O‘ylashimcha, men o‘ynagan “Buxoro”ning  Belarus oliy ligasida sovrinli o‘rinlar uchun bo‘lmasa-da, beshinchi o‘ringa da’vogarlik qilishga kuchi etardi.

- Abduqodir Husanov haqida nima deya olasan?

- U “Energetik-BGU”ga kelgan dastlabki yilda jamoa uchun o‘ynay olmasdi. Husanovni asosan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushirishardi. U jamoa bilan faqat mashg‘ulotlarda birga edi. Lekin o‘shandayoq juda qattiq shug‘ullanganini alohida e’tirof etish kerak. Mehnatkashlik va ishchanlik borasida unga etadigani yo‘q edi.

Mashg‘ulotlarda yuz foiz bor kuchini sarflardi.

Umuman olganda esa, juda kamtarin yigit. O‘shanda u ancha yosh edi, ko‘p gapirmasdi, lekin hech qachon muloqotdan qochmagan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan. Lekin o‘smirligidayoq Belarusga ketib, “Energetik-BGU” jamoasi safida shug‘ullanib yurgan. 18 yoshga to‘lishi bilan birinchi professional shartnomasini tuzdi.

Keyinchalik “Lans”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimizning ist’edodi Evropaga tanildi. Legionerimiz uchun “top-5” ligalar grandlari o‘rtasidagi kurashda “Manchester Siti” g‘olib chiqdi. Angliya chempionlari o‘zbek futbolchisi uchun frantsiyaliklarga jami 50 million evro to‘laydigan bo‘ldi.

Abduqodir Husanov Frantsiya va Angliya chempionatlari oliy divizionida ishtirok etgan birinchi va hozircha yagona futbolchi hisoblanadi.

Husanov “Nyukasl”ga o‘tishi kerak edi, Fayzullaev esa...

Raneri o‘yini o‘zgargan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Muhokamalar qahramoniga aylangan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!