Britaniya shahzodasi Frantsiyaga mag‘lub bo‘lgan Angliyaga atab post qoldirdi

  • 11 dekabr, 2022, 21:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan bahsda Angliya Frantsiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.

Tecno

87-daqiqada inglizlar sardori Xarri Keyn 11 metrlik nuqtadan noaniq zarba berdi. Bu "uch sherlar"ning muvaffaqiyatsizligiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Bellashuvdan so‘ng Britaniya shahzodasi Uilyam Artur Fillip Lui jamoa futbolchilarini qo‘llab-quvvatladi. 

"Garet Sautgeyt, Xarri Keyn, barcha futbolchi va terma jamoa a’zolari, sizlar uchun qayg‘udaman. Siz mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun boringizni berdingiz. Sizlar bilan faxrlanaman. Oldimizda ko‘p turnirlar bor",-deya yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!