BRIKS o‘yinlari. Sambochilarimizdan navbatdagi medallar!

CHERY AUTO

O‘zbekiston delegatsiyasi Qozon shahrida start olgan BRIKS o‘yinlarida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, sambo bellashuvlarida ayollar o‘rtasida 59 kg vazn toifasida Mushtariy Jarkova, erkaklar o‘rtasida 58 kg vazn toifasida Ilhom Farmonov hamda 79 kg vazn toifasida Shuhrat Normurodov bronza medallarga ega chiqishdi. 

Tecno

Bundan avvalroq, 71 kg vazn toifasida Ubaydullo Mo‘minov oltin hamda 64 kg vazn toifasida Sardor Olimjonov kumush medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Shu tariqa, BRIKS o‘yinlarida sambo bo‘yicha sportchilarimiz hozircha 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!