
BREAKING! Pogbada doping aniqlandi. U 4 yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin
"Yuventus" klubi futbolchisi Pol Pogba 20 avgust kuni "Udineze"ga qarshi o‘yindan so‘ng topshirgan testida testosteron moddasi uchun musbat natija qayd etilgan. Yarim himoyachi ehtiyot chorasi sifatida diskvalifikatsiya qilinadi.
Xabar qilinishicha, ijobiy natija tasdiqlansa, ikki yilgacha diskvalifikatsiya qilish huquqiga ega bo‘lgan Milliy antidoping tribunali Pogbani sud qiladi. Bundan tashqari, agar tribunal da’vo qilingan doping qasddan bo‘lganini isbotlasa, ushbu taqiq to‘rt yilga uzaytirilishi mumkin!
Fikrlar