
Breaking! Floyd Meyvezerning jangi qoldirildi
Professional boks yulduzi, 5 vaznda sobiq chempion Floyd Meyvezer (50-0, 27KO) 14 may kuni navbatdagi ko‘rgazmali jangini professional bokschi Don Murga (18-0-1, 12KO) qarshi o‘tkazishi kerak edi. Ushbu bahs Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan "Burj Al-Arab" binosining vertolyot qo‘nish uchun mo‘ljallangan yuqori qismida bo‘lib o‘tishi reja qilingan edi. Ammo, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti sabab, ushbu to‘qnashuv noma’lum muddatga qoldirildi.
Shuningdek, anderkard bahsida sobiq UFC chempioni Anderson Silva Bruno Machadoga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi.
Fikrlar