"Borussiya D" Malkomga qiziqish bildirmoqda, ammo "Barselona" uni APL klublariga sotmoqchi

  • 21 may, 2019, 15:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Malkom mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga “Borussiya” Dortmunddan qiziqishlar bor. Biroq, kataloniyaliklar uni APL klublariga sotishmoqchi. Chunki, ingliz jamoalari Malkom uchun ko‘proq mablag‘ taklif qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Malkom “Barselona” safiga o‘tgan yilning yozida “Bordo”dan 42 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, bu mavsum u “ko‘k-anor ranglilar” safida o‘zini ko‘rsata olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!